(GMT+5) | 30.01.2023

XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING OLTINCHI CHAQIRIQ 71-SESSIYASI BOʻLIB OʻTDI

Xalq deputatlari tuman Kengashining oltinchi chaqiriq 71-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

 Mazkur sessiya kun tartibida quyidagi masalalar kiritilib, koʻrib chiqildi:

1. Boʻstonliq tumani 33-sonli umumtaʼlim maktabining boʻsh direktor lavozimiga taklif etilgan nomzodlarni koʻrib chiqish toʻgʻrisida;

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-408-son qarori ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida;

3. Boʻstonliq tumanida huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha 2022-yilning 9 oyi davomida amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisida;

4. Boʻstonliq tumanida birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati sifatini tubdan yaxshilash, aholiga sifatli tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish yuzasidan joriy yilning 9 oyi davomida olib borgan ishlari toʻgʻrisida;

5. Boʻstonliq tumanida sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimining joriy yilning 10 oyi davomida amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisida;

6. Boʻstonliq tumanidagi sogʻligʻini tiklashga muhtoj, ehtiyojmand va kam taʼminlangan fuqarolarga “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasidan mablagʻlar ajratish toʻgʻrisida;

7. Boʻstonliq tumanidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni “Temir daftar” roʻyxatiga kiritish va yashash sharoiti yaxshilangan oilalarni roʻyxatdan chiqarish boʻyicha tuman sektor rahbarlari takliflarini koʻrib chiqish toʻgʻrisida.

Sessiya yakunida koʻrilgan har bir masala yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining qarorlari qabul qilindi.

113.jpg

211.jpg

39.jpg

74.jpg

93.jpg

65.jpg

48.jpg

86.jpg