- Bosh sahifa
- Tuman hokimligi
- Rahbariyat
Rahbariyat

Bo'stonliq tuman hokimi
AXMEDOV JO'RABEK ILXOMOVICh
MANZIL: 110700, G'azalkent shahri, Mustaqillik ko'chasi 14 uy
TELEFON: 0 370 74-21-793
FAKS: 0 370 74-22-586
E-MAIL: bustonliq.t@umail.uz
VEB-SAYT: www.bostonliq.uz
E-XAT: bustonliq.t@exat.uz
QABUL KUNLARI: Seshanba 09:00 dan 14:00 gacha
Tarjimai hol
MEHNAT FAOLIYATI
2000-2007 yy. - Toshkent Arxitektura-qurilish instituti talabasi
2004-2006 yy. - Arxitektura va qurilish davlat qo'mitasining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar va narxlarni shakllantirish markazi” birinchi toifali muhandisi
2006-2007 yy. - Davlat mulki qo'mitasi Zarar ko'rib ishlayotgan, past rentabelli va faoliyati to'xtab qolgan, shu jumladan investitsiya majburiyatlari evaziga bepul beriladigan korxonalarni xususiylashtirish boshqarmasi etakchi mutaxassisi
2007-2008 yy. - Davlat mulki qo'mitasi Ichki xavfsizlik inspektsiyasi etakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi
2008-2013 yy. - Davlat mulki qo'mitasi Ichki xavfsizlik inspektsiyasi boshlig'ining o'rinbosari, boshlig'i
2013-2015 yy. - Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi Xususiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig'i
2015-2016 yy. - Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshlig'i v.v.b.
2016-2016 yy. - Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi Xususiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig'i
2016-2017 yy. - “O'zqurilishmateriallari” AJ Investitsiya va tarmoqni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i
2017-2019 yy. - Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'malashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi Davlat mulkidan samarali foydalanish bosh boshqarmasi boshlig'i v.b.
2019-2020 yy. - Davlat aktivlarini boshqarish agentligining davlat aktivlarini tasarruf etish va majburiyatlarni monitoring qilish departamenti boshlig'i
2020-2020 yy. - Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasining Investitsiyalarni jalb qilish va turizm infrastrukturasini rivojlantirish departamenti boshlig'i
2020 y. - h.v. - Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani hokimi
Majburiyatlar
Tuman hokimi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O'zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi Qonunda ko'rsatilgan vakolatlarini yakka boshchilik asosida amalga oshiradi.
Tuman hokimi tumanning tegishli vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi. Vakolati doirasida Toshkent viloyati hokimi va xalq deputatlari tuman Kengashi oldida hisobdordir.
Tuman hokimi xalq deputatlari tuman Kengashi bilan birgalikda tuman uchun umumiy bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalari amalga oshirilishini, joylarda qonunlar, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar, xalq deputatlari Toshent viloyati Kengashi va Toshkent viloyati hokimi qarorlarining ijrosini, O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari o'rtasidagi aloqalarni, aholini tumanni boshqarishga jalb etishni ta'minlaydi
Tuman hokimi o'z vakolatlarini amalga oshirishda:
qonunlarning hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining, xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi va Toshkent viloyati hokimi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etadi;
jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bog'liq chora-tadbirlar ko'radi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadi;
tuman iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini, tuman byudjetining tegishli loyihasini, shuningdek uning ijrosi to'g'risidagi hisobotni xalq deputatlari Kengashiga taqdim etadi;
xalq deputatlari tuman Kengashiga tuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etadi;
o'z o'rinbosarlari va ijroiya hokimiyati struktura bo'linmalarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish to'g'risidagi qarorlarni xalq deputatlari Kengashi tasdig'iga taqdim etadi;
hokimlik devoni bo'linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
rahbarlari tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijroiya hokimiyati struktura bo'linmalarining ishini nazorat qiladi;
xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimi qabul qilgan va chiqargan hujjatlarni bajarmaganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to'g'risida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi;
davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalarni ko'rib chiqadi va takliflar kiritadi;
respublika va xorijda tumanning rasmiy vakili sifatida ish ko'radi;
aholini qabul qilishni tashkil etadi, fuqarolarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini ko'rib chiqadi;
uy-joy mulkdorlari va uy-joydan foydalanuvchilar kommunal xizmatlar to'lovi va majburiy badallarni to'lashga doir talablarni qo'pol ravishda buzgan hollarda kommunal xizmatlar to'lovi va majburiy badallarni to'lash bo'yicha qarzlarni undirish to'g'risida kommunal xizmat ko'rsatuvchilar yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining taqdimnomasiga muvofiq da'volar bilan sudga murojaat qiladi.
Tuman hokimi rejalashtirish, byudjet, moliya, hisob-kitob, tuman mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, qishloq xo'jaligi, er va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yo'l xo'jaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy xizmat ko'rsatish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta'minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlarida o'z vakolatiga berilgan boshqa masalalarni ham hal etadi.
Tuman hokimi:
zaruratga qarab, ammo bir yilda kamida ikki marta xalq deputatlari tuman Kengashining sessiyasini chaqiradi, sessiyalarga raislik qiladi, kun tartibiga kiritiladigan masalalar yuzasidan takliflar beradi, Kengash qarorlariga imzo qo'yadi va tasdiqlaydi;
ish faoliyati yuzasidan bir yilda bir marta xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobot beradi.
Tuman hokimi qishloq xo'jaligi sohasidagi ishlarni boshqarish va tashkil etishga shaxsan mutasaddilik qiladi, bunda tegishli vakolatlarini hokim o'rinbosarlariga topshiriqlar berish orqali ham amalga oshirishi mumkin..
Quyidagi tuman tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va birga ish olib boradi:
MXX Zafar bo'linmasi;
Bo'ka tumani prokuraturasi;
Bo'ka tumani prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
Bo'ka tumani ichki ishlar bo'limi;
Bo'ka tumanlararo fuqarolik ishlari bo'yicha sudi;
Bo'ka tumanlararo jinoyat ishlari bo'yicha sudi;
Bo'ka bojxona posti;
Bo'ka tumani mudofaa ishlari bo'yicha bo'limi;
9226-harbiy qism;
Bo'ka shahar favqulodda vaziyatlar bo'limi;
Bo'ka tuman qishloq va suv xo'jaligi bo'limi;
Bo'ka tumani adliya organlari (FHDYo, Natarius, YAgona darcha);
Bo'ka tumani Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalari Kengashi;
O'zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi tuman vakilligi, homiylik kengashiga raislik qiladi.
Qishloq xo'jaligi korxonalariga xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar (banklardan tashqari).
Tuman hokimi quyidagi Kengash, komissiya va guruhlarga raislik qiladi:
Narkotik moddalarni nazorat qilish tuman komissiyasi;
Voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha tuman idoralararo komissiyasi;
Tuman boshqaruv tizimida rahbar lavozimlariga tavsiya etish va kadrlar zahirasini shakllantirish ishchi guruhi.
Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag'batlantirish bo'yicha muvofiqlashtirish tuman Kengashi;
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 25 maydagi “O'zbekiston xotin-qizlar qo'mitasi faoliyatini qo'llab-quvvatlash borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PF-3434-son Farmonini amalga oshirilishini ta'minlash chora-tadbirlar Dasturini amalga oshirilishini muvofiqlashtiruvchi doimiy komissiya;
Tuman hududida barqarorlikni ta'minlash va jinoyatchilikni oldini olish ishlarini muvofiqlashtiruvchi doimiy komissiya;

Tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Rustamboyev Toxirjon Rustamboyevich
Manzil: 110700, Bo‘stonliq tumani, G‘azalkent shahri, Mustaqillik ko‘chasi 14 uy
Telefon: 0 370 74-21-358
E-mail: bustonliq.t@umail.uz
Fuqarolarni qabul qilish kunlari:
Har haftaning juma kuni
Soat: 09:00 13:00
Tarjimai hol
Rustamboyev Toxirjon Rustamboyevich
1977 yilda, Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani
Millati - o‘zbek
Ma’lumoti oliy.
2003 yil Toshkent o‘rmon meliorativ bilim yurtini tamomlagan
Mutaxassisligi: hisobchi
1995-1996 yy. - Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Soyliq” jamoa xo‘jaligi g‘allachilik brigadasi ishchisi
1996-1997 yy. - Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Soyliq” jamoa xo‘jaligi g‘allachilik brigadasi hisobchisi
1997-2002 yy. - Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Soyliq” jamoa xo‘jaligi yordamchi hisobchisi
2002-2006 yy. - Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Soyliq” shirkat xo‘jaligi moliya hisob-kitob markazining bosh hisobchi o‘rinbosari
2006-2018 yy. - Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Soylik-Azimjon-Nodirjon” fermer xo‘jaligi rahbari
2018 y. - h.v. - Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hokimi o‘rinbosari - qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i