Boʻstonliq tumanida asosiy turdagi makroiqtisodiy koʻrsatkichlar boʻyicha 2022-yilning yanvar-sentabr oylari davomida erishilgan natijalar quyidagicha:
—Sanoat yoʻnalishida 1 trln 902,4 mlrd. soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 115,6 %ni (prognoz 9,7 % ortigʻi bilan) bajarildi. Aholi jon boshiga 10,8 mln. soʻmdan toʻgʻri keldi;
—Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida 1 trln 945,9 mlrd. soʻmlik mahsulotlar yetishtirilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 104,7 %ni (prognoz 0,7 % ortigʻi bilan) bajarildi. Aholi jon boshiga 11,2 mln. soʻmdan toʻgʻri keldi;
—Qurilish yoʻnalishida 246,5 mlrd. soʻmlik pudrat ishlari amalga oshirilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 134,4 %ni (prognoz 27,9 % ortigʻi bilan) bajarildi. Aholi jon boshiga 1,4 mln. soʻmdan toʻgʻri keldi;
—Xizmatlar yoʻnalishida 1 trln 259,9 mlrd. soʻmlik xizmatlar koʻrsatilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 122,9 %ni (prognoz 10,1 % ortigʻi bilan) bajarildi. Aholi jon boshiga 7,2 mln. soʻmdan toʻgʻri keldi;
—Chakana savdo yoʻnalishida 1 trln 218,0 mlrd. soʻmlik savdo ishlari amalga oshirilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 107,4 %ni (prognoz 0,3 % ortigʻi bilan) bajarildi. Aholi jon boshiga 6,9 mln. soʻmdan toʻgʻri keldi;
—Shuningdek, oʻtgan davr mobaynida 111,5 mln. AQSH dollarlik tashqi savdo aylanmasi amalga oshirildi.