(GMT+5) | 30.05.2023

Finlandiya tajribasi asosida turizm klasteri tashkil qilinmoqda

photo2022-11-0817-09-11.jpg

Ayni damda mamlakatimizda mehmon bo'lib turgan UNWTO Bosh kotibi Zurab Pololikashvili Toshkent viloyatida ham bo'lib, turizm sohasi vakillari, tadbirkorlar hamda investorlar bilan «O'zbekistonda turizmni rivojlantirish bo'yicha yangi tashabbuslar» mavzusida muhokama yig'ilishini o'tkazdi.

Unda Bo'stonliq tumanida «Beldersoy-Chimyon-Nanay» xalqaro dam olish kurortini tashkil etish doirasida «Chimyon turistik zonasini qurish» loyihasi taqdimoti namoyish etildi

photo2022-11-0817-08-37.jpg

Toshkent viloyati Parkent tumanining turistik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan bir qator loyihalar ko'rib chiqildi. Shuningdek, viloyat hokimi o'rinbosari Jamshid Babajanov tomonidan «Green Hils» loyihasi taqdimoti alohida muhokama qilindi.

Unga ko'ra, Finlandiya tajribasi asosida bunyod etilgan dam olish maskanini yanada rivojlantirish maqsadida mazkur hududda qishloq xo'jaligi, eko va sport turizmi klasterini tashkil qilish yuzasidan umumiy qiymati 45 million dollar miqdoridagi mablag'lar yo'naltirilishi ko'rib chiqildi.