(GMT+5) | 25.06.2022

Eksportchi korxonalar qo'llab-quvvatlanmoqda

photo2022-03-0316-54-56.jpg

Piskent tumani Investitsiya va tashqi savdo bo'limi, moliya-iqtisodiyot bo'limi mas'ul xodimlari hududda eksport salohiyatini oshirish hamda eksport hajmini kengaytirish maqsadida  eksportyor korxonalar rahbarlari bilan uchrashdilar.
Birlik MFYda joylashgan “MARK FORMELLE IT” MChJning tayyor trikotaj mahsulotini ishlab chiqarish va eksportini amalga oshirish loyihasi 2022 yilning 3-choragida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Jami 5 mln. dollar investitsiya kiritilib, ayni vaqtda 100dan ortiq ish o'rni yaratilgan.
Mo'minobod MFY hududida joylashgan eksportyor korxona “Piskent Sifat” MChJning tayyor trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish tashkil qilish loyihasi bugungi kunda qadar Rossiya Federattsiyasiga 167.0  ming dollar miqdorida eksportni amalga oshirgan.
Tadbirkorlar bilan muloqotda yurtimizda eksport masalasiga Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan e'tibor kuchaytirilgani, eksport salohiyati va hajmini oshirish hamda loyihalarni kengaytirish uchun imkoniyat va imtiyozlar mavjudligi qayd etildi.