(GMT+5) | 28.05.2022

Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi bilan ochiq muloqot tashkil etildi

photo2021-12-2214-55-42-2.jpg

Bugun, Toshkent viloyati IIBBda Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi, polkovnik Shoxruh G'iyosov hamda jurnalist va blogerlar ishtirokida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

photo2021-12-2214-55-42.jpg

photo2021-12-2214-55-40.jpg

photo2021-12-2214-55-40-2.jpg

photo2021-12-2214-55-41.jpg

photo2021-12-2214-55-40-3.jpg

photo2021-12-2214-55-41-2.jpg

photo2021-12-2214-55-42-3.jpg

“Jamoatchilik bilan ishlash, ushbu yo'nalishdagi muammo kamchiliklar echimi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida tashkil etilgan tadbirda Sh.G'iyosov so'zga chiqib, so'nggi vaqtlarda ichki ishlar organlarida faoliyat olib borayotgan xodimlarning turli xatti-harakatlari, ya'ni o'z xizmat vazifasiga sovuqqonligi yoki xizmat jarayonidagi ishini yaxshi bilmasligi natijasida jamoatchilik o'rtasida salbiy fikrlarni keng muhokamasiga sabab bo'layotgani, bu borada jamoatchilik o'rtasida to'g'ri fikrni shakllantirishda OAV vakillarining o'rni va roli alohida ahamiyatga ega ekanini ta'kidladi.

Uchrashuvda aholi murojaatlari bilan tizimli ishlash masalasi, kelgusi yilda ko'zda tutilgan rejalar haqida ma'lumotlar berildi.

Muloqot davomida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.