(GMT+5) | 30.05.2023

KO'ZGUDA XALQARO KURASh TURLARINI JAMLAGAN KAFEDRA

Bugun sahifamiz orqali sizga sportning eng ommalashgan turlaridan bo'lgan dzyudo, erkin va yunon rum kurashi va sambo sport turlarini o'zida jamlagan hamda mazkur sport turlari bo'yicha mutaxassis –kadrlarini tayyorlaydigan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Kurash fakulteti tarkibiy qismi hisoblangan  Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi haqida so'z yuritamiz.

photo2022-02-2318-02-16.jpgUshbu kafedra ham universitetda o'z yo'nalishi bo'yicha yuqori o'ringa ega bo'lgan, etakchi kafedralardan sanaladi.
 Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 noyabrdagi PQ-4881-sonli “Kurash milliy sport turini yanada rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori, 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5368-sonli Farmoni hamda bu sohaga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining belgilangan Nizomidan kelib chiqqan holda faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.
Hozirda kafedraga O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy, karate bo'yicha xalqaro toifadagi hakam, dotsent Shuhrat Arslonov rahbarlik qilmoqda.

photo2022-03-2818-08-14.jpgAyni paytda kafedrada talabalarning tanlagan sohalari bo'yicha bilimlarini yuksaltirishda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy, professor A. N. Ilov, pedagogika fanlari doktori, professor A. N. Abdiev, dotsentlar Sh. A. Arslonov, E. I. Bayturaev, N. A. Tastanov, I. B. Aliev, O. J. Dadaboev, katta o'qituvchilardan falsafa bo'yicha doktor (PhD) D. Yu. Tashnazarov, Sh. S. Tursunov, A. J. Tangriev, S. Q. Adilov, B. B. Odilov, A. I. Xolmatov, o'qituvchilardan M. A. Rajapov, S. E. Qodirov, J. N. Abdiqulov, E. S. Lyulina, ,   V. R, Ozdaeva, U. J. A. Qutbitdinov, A. B. Jumaqulov, F. O. Berdievlar faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Ayniqsa, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy, O'zbekistonda dzyudo sport turning asoschilaridan bo'lgan, II darajali “Sog'lom avlod uchun” ordeni sohibi, xalqaro toifadagi sport ustasi, universitet faxriysi, professor Ilov Arslon Nurovich 75 yoshni qarshi olayotgan bo'lsa ham hali hamon kafedrada talabalarga dzyudo sirlarini o'rgatishdan charchamaydi.
Talabalarning nazariy jihatdan bilimlarini yuksaltirish maqsadida kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan 30 ga yaqin darslik, 850 dan ortiq ilmiy maqolalar, 100 dan ortiq ilmiy-uslubiy qo'llanmalar chop etilgan.
Kafedrada bugungacha yunon-rum kurashi bo'yicha 80 nafardan ortiq, erkin kurash bo'yicha 90 nafardan ortiq, dzyudo bo'yicha 50 nafardan ortiq, sambo bo'yicha 40 nafardan ortiq xalqaro toifadagi sport ustalari, 800 nafardan ortiq sport ustalari etishib chiqqan.
Kafedra bitiruvchilaridan J. M. Nurshin, A. Taymuradov, A. Ilov, A. Shokirjonov, N. To'ychiev, B. Haydarov, Sh. Arslonovlar sport turlari bo'yicha O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy unvoniga ega bo'lishgan.
Kafedra rahbari Shuhrat Arslonov boshchiligida hamkorlik aloqalariga ham alohida e'tibor qaratilgan.
O'zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi, O'zbekiston dzyudo federatsiyasi, O'zbekiston sambo federatsiyasi, Respublika olimpiya zaxiralari kolleji, Chirchiq olimpiya zaxiralari kolleji, YAkkakurash sport turlariga ixtisoslashgan oliy sport mahorati maktabi bilan mustahkam hamkorlik aloqalari o'rnatilgan. Shuningdek, kafedra Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi davlatlari jismoniy tarbiya institutlari va akademiyalarining turdosh kafedralari bilan doimiy hamkorlik qilib keladi.

photo2022-03-2818-11-16.jpg

Xalqaro hamkorlik doirasida kafedraning Germaniya davlati yunon-rum kurashi bo'yicha yoshlar terma jamoasining murabbiylari Dubof Alek Vladimirovich va uning yordamchisi bilan uchrashuv tashkil etildi. Qo'shni Qozog'iston Respublikasining sport akademiyasi Kurash turlari kafedrasi bilan ham xalqaro hamkorlik bo'yicha shartnoma amalga oshirilmoqda. 
Bundan tashqari kafedra mudiri Shuhrat Arslonov karate, qo'l jangi singari sport turlarini keng ommalashtirish orqali ham e'tirofga sazovor deyish mumkin. Misol uchun 2021 yilda Xalqaro qo'l jangi federatsiyasi prezidenti S.Astaxov yurtimizga tashrifi arafasida qo'l jangi sport turiga qo'shgan xissasi uchun Shuhrat Arslonovni  tashakkurnoma bilan mukofotlandi.
Osiyo karate federatsiyasi (OKF) prezidenti Nosir Abdullrazzoq al-Razuki hamda Osiyo karate assotsiatsiyasi vitse –prezidenti Alam Mullaev  boshchiligidagi delegatsiyasi universitetga rasmiy tashrif buyurib, ikki tomonlama anglashuv memorandumi imzolangan. Memorandum doirasida delegatsiya rahbarlari tomonidan karate sport turini keng rivojlantirishdagi mehnatlari uchun Sh. Arslonovning alohida e'tirof etilishi va maxsus diplom bilan taqdirlanishlarini ta'kidlash joiz. Kafedrada bugun innovatsion guruhlar ham faoliyat yuritmoqda. Mazkur guruhlarda kafedraning professor-o'qituvchilari, magistrantlar va iqtidorli talabalari istiqbolli rejasiga muvofiq, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishadi. Universitet tomonidan o'tkaziladigan ilmiy-tadqiqot anjumanlarida M. Yuldashev, D. Mo'minova, I. Usmonova, A. Baroev, R. Nuriddinov, R. Kirimchieva kabi kafedra talabalari faol ishtirok etib kelishmoqda.
Kafedraning  tahsil olayotgan yoki bitirgan talabalari orasida Osiyo va jahon chempionatlarida, xalqaro turnirlarda, to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi hisoblangan yozgi Olimpiada o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Vatanimiz obro'sini yanada yuksaltirayotgan sportchilar ko'pchilikni tashkil etadi.
Xalqaro toifadagi sport ustasi, Seul va Barselona shaharlarida bo'lib o'tgan erkin kurash bo'yicha ikki karra Olimpiada o'yinlari g'olibi Arsen Fadzaev, xalqaro toifadagi sport ustasi, Barselona va Atlanta shaharlarida bo'lib o'tgan Olimpiada o'yinlarida yunon-rum kurashi bo'yicha ikki karra g'olibi Maxorbek Xadarstev, xalqaro toifadagi sport ustasi, Atlanta shahrida bo'lib o'tgan Olimpiada o'yinlarida dzyudo bo'yicha kumush medal sohibi Armen Bagdasarov, xalqaro toifadagi sport ustasi, dzyudo bo'yicha Pekinda bo'lib o'tgan Olimpiada o'yinlarida kumush medal sohibi, «Shuhrat» medali sohibi Abdulla Tangriev, xalqaro toifadagi sport ustasi, erkin kurash bo'yicha ikki karra jahon chempioni, Osiyo chempionati g'olibi, Pekinda o'tgan Olimpiada o'yinlari qatnashchisi, «O'zbekiston iftixori» mukofoti sohibi Dilshod Mansurov, xalqaro toifadagi sport ustasi, Rio-de-Janeyroda o'tkazilgan Olimpiada o'yinlarida yunon-rum kurashi bo'yicha bronza medali sohibi Elmurat Tasmuratov, xalqaro toifadagi sport ustasi, Rio-de-Janeyro Olimpiadasining yunon-rum kurashi bo'yicha bronza medali sohibi Ixtiyor Navro'zov, xalqaro toifadagi sport ustasi, dzyudo bo'yicha jahon chempionati sovrindori, ikki karra Osiyo chempionati sovrindori Andrey Shturbabin, xalqaro toifadagi sport ustasi, sambo bo'yicha bir necha bor jahon chempionatlari sovrindori Shukur Gaziev, xalqaro toifadagi sport ustasi, dzyudo bo'yicha paraosiyo o'yinlari va jahon chempionati sovrindori Feruza Yusupova, xalqaro toifadagi sport ustasi, Osiyo chempionati g'olibi Ixtiyor Normurodov, xalqaro toifadagi sport ustasi, Rio-de-Janeyro Olimpiadasi qatnashchisi, bir necha bor Osiyo chempionati sovrindori Abbos Rahmonov, xalqaro toifadagi sport ustasi, sambo bo'yicha jahon chempioni Jasurbek Maxmatqulov, xalqaro toifadagi sport ustasi, dzyudo bo'yicha Osiyo o'yinlari kumush medali sohibi Bekmurod Oltiboev, xalqaro toifadagi sport ustasi, dzyudo bo'yicha o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati sovrindori Nodira Yuldosheva, xalqaro toifadagi sport ustasi, dzyudo bo'yicha yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati g'olibi Diyora Keldiyorova, xalqaro toifadagi sport ustasi, dzyudo bo'yicha yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati g'olibi Kumush Kuryazova, xalqaro toifadagi sport ustasi, yunon-rum kurashi bo'yicha Osiyo chempionati g'olibi, «Mard o'g'lon» davlat mukofoti sohibi Ilhom Bahromov, xalqaro toifadagi sport ustasi, dzyudo bo'yicha Gran-pri g'olibi, Butunjahon armiya o'yinlari sovrindori MuxriddinTilovov, xalqaro toifadagi sport ustasi, yunon-rum kurashi bo'yicha jahon chempionati sovrindori Aram Vardanyanlarni nafaqat kafedraning, balki universitet  faxriga aylanishgan.
Darhaqiqat, Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o'qituvchilari universitetda talabalarning o'z sohalari bo'yicha bilimli mutaxassis-kadrlar bo'lib etishishi yo'lida doimiy izlanishda, talabalar esa zo'r ishtiyoq bilan ilm olishga va ko'zlagan marralari sari, chempionlik sari odimlayotgani bor gap!
Ilhom RAHMONOV tayyorladi