Toshkent viloyati hokimligi poytaxt va "Toshkent dengizi" oralig'ida tezyurar avtobus (BRT) loyihasini amaliyotga tadbiq etish maqsadida uning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish uchun arxitektorlar, muhandislar, rejalashtiruvchi mutahassislarni jalb etmoqda.
Gap shundaki, joriy yil 11 oktyabr kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi Davron Hidoyatov viloyat Kengashining "Xalqaro tajribani keng qo'llash bilan Toshkent viloyatida jamoat transportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga imzo chekdi.
Qarorda qayd etilishicha, loyihaning konseptsiyasi ishlab chiqilgan. Uning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish uchun viloyat byudjetining orttirib bajarilgan qismidan 6,9 milliard so'm ajratish rejalashtirilgan.